Xorazm viloyatida joriy yilning birinçi yarmida yalpi hududiy mahsulot ösiş hajmi 3,7 foizni taşkil qilmoqda. Bu haqda ÖzA xabar beradi.

Sanoat mahsulotlari ösiş hajmi 24,6 foizga, qişloq xöjaliklari mahsulotlari yetiştiriş 7,1 foizga, quriliş işlari 17,2 foizga, turli savdo aylanmalari 11,1 foizga, xizmat körsatişlar 15 foizga ortgan.

2015-2019 yillarda tarkibiy özgartirişlarni ta'minlaş, işlab çiqarişni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş çora-tadbirlari dasturining amalga oşirilişi tufayli sanoat mahsulotlarining ösiş sur'atlari ta'minlandi. Jumladan, metallsozlik sanoatida 3,9, töqimaçilik, kiyim-keçak va çarm mahsulotlari 16, oziq-ovqat mahsulotlari 10,4, quriliş materiallari 76,4 foizni taşkil etdi. Investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi natijasida özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 6,4 foiz ösdi, xususan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 38,6 milliard sömni taşkil qildi. 

Xorazm viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga muvofiq, joriy yilning birinçi yarmida 1158 loyiha amalga oşirildi, 137 milliard söm miqdorida investitsiya kiritildi. 4 ming 800 dan ortiq yangi iş örni yaratildi. 

Hududiy korxonalar tomonidan 23,5 million dollar miqdorida eksport amalga oşirildi. Poytaxtimizda ötkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida qiymati 158 million dollarlik 23 şartnoma tuzildi. 

Hisobot davrida yangi iş örinlari taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi ijrosi doirasida 28 mingdan ortiq yangi iş örni taşkil etildi. Uning 26,5 mingtasi qişloq joylariga töğri kelayotgani e'tiborlidir.  
“Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun barça manbalar hisobidan jami 292,5 milliard söm mablağ yönaltirildi.