Afğoniston qurolli kuçlari butun mamlakat böylab ötkazilgan harbiy operatsiya davomida 53 jangarini, jumladan IŞIDning 49 nafar a'zosini yöq qilişdi. Bu haqda Afğoniston mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Vazirlikda harbiylar va maxsus xizmatlar 10 ta afğon viloyatida operatsiya ötkazganlari ma'lum qilindi.
Hammasi bölib 53 jangari yöq qilindi, 14 nafari yaralandi va 3 nafari qölga olindi. IŞID a'zolari hukumat qöşinlari Nangorxor viloyatida guruh pozitsiyalariga hujum qilganlaridan keyin yöq qilingan. Şuningdek, IŞIDning 10 ta bunkeri va qurol-aslaha ombori yakson qilingan.
Ma'lum qilinişiça, operatsiya davomida Afğoniston armiyasining 4 nafar harbiysi halok bölgan.
Terrorçilarga qarşi katta miqyosdagi operatsiya 23 iyulda Afğoniston poytaxti – Kobulda amalga oşirilgan teraktdan keyin ötkazildi. Terakt oqibatida kamida 80 kişi halok bölgan va 230 dan köproq kişi yaralangan.







