Çeçeniston rahbari lavozimini vaqtinçalik bajaruvçi Ramzon Qodirov Kobuldagi teraktga izoh berib, Afğonistondagi beqaror vaziyat uçun AQŞ va NATO javobgarlikka egaligini aytdi. U bu haqda instagramida yozdi.

"Afğonistonda 37 yil uruş davomida tinçlik bir qadamga ham yaqinlaşmadi. AQŞ özining bin Lodini bilan kuraşiş bahonasida bir neça ön yillarga çözilgan fuqarolik uruşini yuzaga keltirdi. AQŞ va NATO afğon muammosini 2 yilda hal qilişi mumkin edi. Biroq ularga minglab musulmonlarning hayotini olib ketayotgan abadiy afğon qonli qozoni kerak", deb ta'kidlab ötdi Qodirov.  

Qodirov AQŞ va NATO "musulmon davlatlarida yangi uruşlarni yuzaga keltirayotganini" aytdi. Bundan taşqari, u Afğoniston yetakçilarini "özlarining şaxsiy, etnik manfaatlari va ambitsiyalarini unutib, bu muammoni hal qiliş uçun birlaşişga" çaqirdi.

Avvalroq Kobuldagi teraktda kamida 80 kişi halok bölgani, 231 kişi yaralangani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanişiça, hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.