Rossiya Moliya vaziri örinbosari Maksim Oreşkinning fikriça, bugungi kundagi milliy valyuta kursi Rossiya tölov qobiliyati va joriy neft kotirovkalariga mosdir, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti». Uning sözlariga köra, vazirlik, ijobiy va salbiy tomonlari köp bölgani bois, milliy valyutani qasddan zaiflaştiriş çoralarini körmaydi. 

«Bugungi kunda rubl tölov muvozanati va neft narxiga mos keladi. Uning byudjyet uçun foydali yoki zararli ekani xususida söz yuritiş kerak emas. U, suzuvçi kurs siyosatida qanday bölişi kerak bölsa, şundaydir», — degan Oreşkin.

Vazir örinbosari şuningdek, VEB (Vneşekonombank)ning boş iqtisodçisi Andrey Klepaçning, rubl mustahkamlanişidan davlat byudjyeti daromadi yiliga örtaça150–160 mlrdga kamayişi töğrisidagi fikriga qöşilmasligini bildirdi. 

Moskva birjasining bugungi savdolarida Rossiya rublining rasmiy kursi bir dollarga 65 rublgaça pasaygan.