Turkiyadagi Bank sohasi nazorati va boşqaruv agentligi Bank Asya bankining litsenziyasini bekor qildi. Bu bank mamlakatda harbiy töntariş amalga oşirişga uringan Fathulloh Gulenga aloqadorligi qayd etilgan.
Hürriyet xabariga köra, 18 iyul kuni Turkiya jamğarmalarni suğurtalaş Fondi uşbu bank faoliyatini vaqtinçalikka muzlatgan edi. Şu yilning iyunida Bank Asya banki aktivlari "moliyaviy barqarorlikni ta'minlaş" maqsadida fond ixtiyoriga ötkazilgandi.
Bank Asya bankiga 1996 yilda asos solingan, u Turkiyadagi eng yirik banklar önligiga kirardi. 2013 yilda ham mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bu bankni Gulenga yaqinligi uçun ayblagandi. Bu ayblovdan keyin bank mijozlarining katta qismidan ayrildi. Uning 2014 yildagi daromadi 81 foizga kamaydi.







