24 iyul kuni Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev qozoğistonlik hamkasbi Karim Masimov bilan telefon orqali suhbatlaşgan. Bu haqda Masimov öz tvitterida ma'lum qilgan.
"Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqoti taşkil etildi", deya yozgan vazir.
U tvitterida muloqotning tafsilotlarini keltirmagan.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 23 noyabrida örnatilgan.
Ikki davlat munosabatlari Abadiy döstlik haqidagi kelişuv va Strategik hamkorlik töğrisidagi şartnoma asosida rivojlanib kelmoqda.
Qozoğistonning Toşkentdagi elçisi Yerik Utembayev 8 iyun kuni ötkazilgan brifingda ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi hajmi 5 mlrd dollarga yetkazilişini ma'lum qilgandi.
2015 yil yakunlariga köra ikki davlat örtasidagi savdo hajmi 3 milliard dollarni taşkil etgan.
Özbekistondan Qozoğistonga paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, plastmassa, kömir, poliz ekinlari hamda boşqa xöjalik mahsulotlari eksport qilinadi.
Özbekiston Qozoğistondan neft mahsulotlari, un mahsulotlari, buğdoy va don mahsulotlari, rangli metallar, neorganik kimyo mahsulotlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari import qiladi.







