Rim papasi Frantsisk katolik rohibalarga öz vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarga sarflamaslik çaqiriği bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda The Independent.
Papa rohibalarni ijtimoiy tarmoqlar özida xavf yaşirişi va diniy majburiyatlarni bajariş, hayotni anglaş va muşohada qilişdan çalğitişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan taşqari, papa internetdan foydalanişda ehtiyotkor bölişni tavsiya qildi.
Şu bilan birga pontifik smartfon, planşet va noutbuklar muloqot uçun zarur qurilmalar ekanini tan olmoqda, biroq ular bilan işlaş muhim narsalardan çalğitişi mumkin. Pontifik 2014 yilda yoşlarni internetda kamroq vaqt ötkazişga çaqirgandi.
"Ular yomon ta'sir körsatmasligi va muşohada qilişga yölingizda tösiq bölmasligi kerak", deb qöşimça qildi papa.
Avvalroq papa Vatikanda Apple rahbari Tim Kuk bilan uçraşganda internetni "tangri in'omi" deb atagandi.







