Buyuk Britaniyadagi restoranlardan birida keçki nonuşta uçun uç xil taomni tamaddi qilgan kişi bank kartoçkasi bilan tölovni amalga oşirişda jiddiy xatoga yöl qöygan. Uning klavişalarni bir neça bor bosişi 1 mln funt sterlingga tuşgan.
Hodisa Şotlandiyaning Inveruri şahridagi hind restoranida yuz bergan, deb yozadi The Evening Express. Ikki örtoği bilan keçki ovqatlanişga kelgan erkak hisob uçun 100 funt tölaşga qaror qilgan. U, pin-kodini birinçi marta notöğri kiritgaç, bankka telefon qilib, kodni olgan. Şundan söng, amalga oşirilgan tölov çekida esa, 1,00608204 mln körsatilgan edi.
Buni körgan restoran egasi ham özini yöqotib qöydi. Biroq, kartoçka egasi sovuqqonlik bilan bankka telefon qilib, tölovni bekor qilişni söragan.
Restoran egasining qayd etişiça, uşbu keçki tanovulga xizmat körsatiş uning 30 yillik biznesi tarixidagi eng serdaromadlisi bölişi mumkin edi.







