Xitoylik juftlik Sun Tsinlin va Sun Lişi 80 yillik turmuşdan keyin ilk nikoh fotosessiyasini oldirdi. 102 yoşli er va 99 yoşli rafiqa Anxoy viloyatida yaşaydilar. Ularning 6 farzandi, 5 nabirasi va 4 evarasi bor, deb xabar bermoqda People naşri.

Bobo va momoning aytişiça, ularning nikoh marosimi 1936 yilda ötgan va unça tökin-sokin bölmagan: stolda bor-yöği uçta likopçada taom bölgan.

Şuning uçun juftlik 23 iyulda birgalikdagi turmuşining 80 yilligini nişonlaş vaqtida ilk nikoh suratlarini oldirdilar. Juftlikka önlab köngillilar yordam berdilar, deb yozmoqda Daily Mail naşri.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari bunday uzoq turmuşni munosib baholaşdi va keksalarga soğliq va köp yil umr körişlarini tilab qolişdi. "Ular şunçalik uzoq birga yaşaşgandan çinakamiga baxtiyorman", deb aytdi foydalanuvçilardan biri. Yana bir foydalanuvçi juftlikni "yoqimtoy" deb atadi.