Iroqning mamlakatda IŞID jangarilari faollaşgandan keyin körgan zarari 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Iroq quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi maslahatçisi Ibrohim aş-Şuk ma'lum qildi.  

Uning aytişiça, "IŞID Iroqda katta miqyosdagi jangovor harakatlarni boşlagan  2014 yildan beri körilgan zarar 23 mlrd dollarni taşkil qilmoqda". Aş-Şukning ta'kidlaşiça, jangarilar özi nazorat qiladigan hududlarni çölu-biyobonlarga aylantirmoqda, jamoatçilik va xususiy binolarini vayron qilmoqda, madaniyat yodgorliklarini tunamoqda va arxeologik majmualarga tegişli noyob asori-atiqalarni mamlakat taşqarisiga sotmoqda.  

Aş-Şukning aytişiça, IŞIDning harakatlari tufayli Iroqda içki köçirilgan odamlar soni muntazam köpaymoqda, hozirda ularning soni 3,6 mln dan köproqni taşkil qilmoqda. Aş-Şuk jangarilar qölida hanuzgaça 3,2 ming nafar kurd-yezid asirda qolayotganini aytdi. Ularning aksariyatini ayollar va bolalar taşkil qiladi.