Qirğizistonning Issiqkölidagi dam oliş maskanlaridan birida Qozoğistondan kelgan sayyohlar va mahalliy aholi örtasida janjal yuz berdi, deb xabar qilmoqda turmush.kg.
Internet tarmoğida uşbu hodisaning videolavhasi paydo bölgan. Unda, bir guruh erkaklar dam oliş uyining hovlisida uruşayotganini köriş mumkin. Ularning yonida turgan ayol "bola bor!", - deya baqirayotgani ham tasvirga tuşgan.
Naşrning yozişiça, aftidan qozoğistonlik bir neça sayyoh mahalliy yigitlar bilan tortişib qolgaç, örtadagi tortişuvga bilak kuçi bilan oydinlik kiritişga qaror qilişgan.
Şu bilan birga, xabarlarga köra, uşbu voqea yuzasidan Issiqköl viloyati IIBga rasmiy ariza topşirilmagan bölsa-da, "Moviy Issiqköl" pansionatiga operativ-tergov guruhi yuborilgan.







