Samarqand şahrida 25 iyul, duşanba kuni havo harorati +39,4 darajagaça kötarildi, deya xabar bermoqda «Özgidromet» markazi.
Ma'lumotlarga köra, bu Samarqand şahrida 25 iyul kuni böyiça ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori haroratdir.
Şaharda bundan avvalgi eng issiq 1962 yilning aynan şu kunida kuzatilgan bölib, öşanda harorat +37,9 darajagaça kötarilgan.
Surxondaryo viloyati ma'muriy markazi Termizda ham şahar tarixidagi eng issiq 25 iyul qayd etildi. Aynan şu kuni havo harorati +44,1 darajagaça kötarildi. Bu 1983 yilda örnatilgan +43,3 darajali rekordni yangiladi.







