WikiLeaks taşkiloti AQŞ şov-şuvga sabab bölgan Demokratik partiyasi Milliy qömitasining maktublarini qaytarzda qölga kiritganiga heç qaçon oydinlik kiritmaydi. Bu haqda, sayt asosçisi Julian Assanj CNN telekanaliga bergan intervyusida ta'kidladi. 

Avvalroq, AQŞning sobiq davlat kotibasi Hillari Klinton saylovoldi ştabi vakillari, "rossiyalik xakerlar" Demokratik partiya Milliy qömitasining kompyuterlarini buzib, respblikaçilar partiyasidan nomzod, Donald Trampga yordam körsatiş maqsadida, öğirlangan maktublarni WikiLeaks saytiga joylaştirganini ma'lum qilgan edi. 

"Ehtimol qaçonlardir, uşbu xabarlarning manbasi yoki manbalari özini oşkor qilar, agar şunday bölsa, bu ham qiziq böladi, kimdir özining axmoq qilinganini tuşunib yetadi, - degan taşkilot asosçisi. – Bir narsa aniqki, agar biz yuqoridagi ma'lumotlarni oliş imkoniyatini bekor qilsak, uning manbasini topiş osonroq bölar edi. Şuning uçun ham, biz bunday qilmaymiz".