Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev RF Federal bojxona xizmati rahbari Andrey Belyaninovni iste'foga çiqariş haqidagi qarorga imzo çekdi. U, öz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan, deyiladi hukumat hujjatida.
Şu bilan birga, Bojxona xizmati rahbarligiga Vladimir Bulavin tayinlangan. U bungaça, Rossiya prezidentining Şimoli-Ğarbiy federal okrugidagi maxsus vakili vazifasini bajargan.
Dmitriy Medvedev Bulavin bilan uçraşuvida, FBXda köplab muammolar töplanib qolganini ta'kidlagan hamda Bojxona xizmatining yangi rahbari yuklarning çegara orqali ötişi va bojxona tölovlarini qabul qiliş borasida davlat manfaatlarini himoya qilişiga umid bildirgan.







