Ozarbayjon markaziy saylov qömitasi (MSQ) 27 iyulda mamlakat konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça referendumga tayyorgarlik köriş böyiça kampaniyaga start berdi. Bu referendum 26 sentabrda bölib ötadi. 

MSQ kotibi Arifa Muxtarovaning aytişiça, referendumning yakuniy natijalari 21 oktabrda ma'lum qilinadi.  

Ozarbayjon konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş taşabbusi mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan bildirildi. U tomonidan taklif qilingan loyiha konstitutsiyaning 29 ta moddasiga özgartiriş kiritişni közda tutadi. Jumladan, prezident vakolatlari muddatini 5 yildan 7 yilgaça oşiriş taklif qilinmoqda. Bundan taşqari, konstitutsiyadan Ozarbayjon prezidenti etib 35 yoşdan kiçik bölmagan fuqaro saylanişi mumkinligi haqidagi qoida olib taşlanmoqçi.  

Loyiha şuningdek birinçi vitse-prezident va vitse-prezident lavozimlari kiritilişini nazarda tutadi. Şuningdek, prezidentga Milliy mejlisni (parlament) tarqatib yuboriş va navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarini e'lon qiliş huquqini beriş taklif qilinmoqda. Şuningdek, hujjatda mamlakat fuqarolariga parlamentga hozirdagidek 25 yoşdan emas, balki 18 yoşdan saylaniş huquqini taqdim qiluvçi band ham bor.     

Ozarbayjonda oxirgi marta konstitutsion referendum 2009 yilda ötkazilgandi. Uning natijalariga köra, konstitutsiyaga bir şaxsning 2 martadan köproq marta prezident etib saylanişiga yöl qöyuvçi özgartiriş kiritilgandi.