Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi va Andijon şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi 2016 yilning 1 avgust kuni şahardagi oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun test sinovlari ötkazilişi munosabati bilan soat 06.00dan to test sinovlari tadbiri tugaguniga ba'zi köçalarda barça turdagi transport vositalari harakati çeklanişini ma'lum qildi.
"Hurmatli andijonliklar va şahrimiz mehmonlari! 2016-2017 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qiliş böyiça joriy yilning 1 avgust kuni butun mamlakatimizda bölgani kabi Andijon viloyatidagi mavjud oliy öquv yurtlarida davlat test imtihonlari ötkazilişi munosabati bilan hamda harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida Andijon şahrining “Özbekiston” hamda Fitrat, “Özbekiston” – Boburşoh köçalari, Andijon Davlat tibbiyot institutiga olib boruvçi Boburşoh va Otabekov köçalari, “Özbekiston” köçasidan Boburşoh köçasining “Sanoat” çorrahasigaça hamda Andijon Davlat Universitetiga olib boruvçi “Universitet” köçasida 2016 yilning 1 avgust kuni ertalab, soat 6.00 dan 15:00 ga qadar avtotransportlar harakati vaqtinça töxtatiladi", deyilgan xabarda.







