Oğir atletika böyiça Rossiya terma jamoasi Olimpiadada iştirok etişdan çetlatildi, deb ma'lum qildi Xalqaro oğir atletika federatsiyasi öz saytida.
Olimpiadada hammasi bölib 8 nafar rossiyalik oğir atletikaçi iştirok etişi kerak edi. Olimpiadada rossiyalik ayol oğir atletikaçilarga tegişli bölgan örinlarni Albaniya, Gruziya va Moldaviya vakillari oladi. Erkaklar terma jamoasi uçun ajratilgan örinlar esa Belgiya, Xorvatiya, Salvador, Möğiliston va Serbiya vakillari orasida taqsimlanadi.
IWF Riçard Maklaren boşçiligidagi WADA komissiyasi hisobotini örganib va Xalqaro Olimpiya qömitasining qarori hamda 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalardagi doping-sinovlarni qayta tekşiriş haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olgan. Natijada Rossiya terma jamoasini Riodagi Olimpiadaga qöymaslikka qaror qilingan.
IWF rossiyaliklar uçun qayta tekşirilgan kamida 7 ta doping-sinov ijobiy natija bergani va bu raqam yakuniy emasligini ma'lum qildi.
"Oğir atletikaning sport turi sifatidagi yaxlitligi Rossiya vakillari tomonidan turli darajalarda va köp marotaba buzilgan. Şuning uçun bu sport turini himoya qiliş uçun tegişli sanksiyalar qöllaşga qaror qilindi", deyilmoqda IWF saytida.







