Rossiyalik qöşiqçilar Dima Bilan va Polina Gagarina Braziliyada Olimpiya maş'alasini olib ötdilar.
Bu şarafli vazifani bajariş uçun artistlar Rioga avvalroq keldilar va şaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanişib çiqişga ulgurdilar. Ular öz muxlislarini kutişga majbur qilmay, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bölişişga şoşildilar.
Polina Gagarina instagramda "Rioda qöşimça pul topmoqdamiz" deb izoh qoldirgan videoni çop etdi. Videoda Gagarina köça maşşoğiga jör bölib kuylayotgani va raqsga tuşayotgani tasvirlangan. Videoda "Yevrovideniye-2008" ğolibi Dima Bilan ham köriniş berib, u ham özini tuta olmay raqsga tuşib ketgan.
Gagarina obunaçilari bu zavqli rolikka quyidagiça izohlar qoldirdilar: "Zör, bolalar, siz eng zörsiz", "Ajoyib! Bilan – super-raqqos", "Kayfiyatni kötardingiz! Sizlarni yoningizda bölib qolgim keldi!", "Polina, sizning ovozingiz super!".
Öz navbatida Bilan ham öz sahifasida bu sayrdan suratlar bilan bölişdi.
Qöşiqçilar Olimpiya maş'alasi estafetasining öz bosqiçlarini xuddi şunday jöşqinlik bilan yugurib ötdilar. Bu bosqiç Rio atrofidagi Vila-Konstansiya aholi punkti orqali ötdi. Birinçi bölib maş'alani Bilan olib ötdi, söngra uni Polinaga topşirdi.
Gagarina musobaqalarning taşkiliy qömitasi tvitterida çop etilgan, uşbu holat tasvirlangan videoda öz taassurotlari bilan bölişdi: "Bu men uçun tarixiy onlar böldi. Men şunçalik tölqinlanib ketdimki, yiğlab yubordim. Bunday his-tuyğularga tayyor emasdim".









