"Formula-1" poygasi boş promouteri Berni Ekklstounning rafiqasi bölmiş Fabiana Flosining onasi Aparesidu Şunk Braziliya politsiyasi tomonidan ozod qilindi. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatdi.
Öğrilik 22 iyul kuni sodir etilgandi. Jinoyatçilar 120 million real (36,5 mln dollar) miqdorida tovon puli talab qilişgan. Ular bu mablağ funt sterlingda, 4 sumkaga joylangan holda yetkazilişini istaşgandi.
San-Paulu politsiyasining ma'lum qilişiça, 85 yoşli Ekklstounning 67 yoşli qaynonasi Şunkni Braziliyaning San-Paulu ştati hududidagi Kotiya şaharçasidan topişgan. Politsiya 2 jinoyatçini qölga tuşirgan, ular talab qilgan mablağ tölanmagan.
Ekklstoun 2012 yili 38 yoşli Flosiga uylangandi. Uning moliyaviy holati Forbes tomonidan 3,1 milliard dollarga baholangan.







