Olimpiya qişloği direktori Mario Silenti sportçilar turadigan turar joy majmuasidagi betartiblik sababli öz lavozimidan böşatildi. Olimpiya qömitasi tekşiruvçilarining ta'kidlaşiça, ba'zi binolar tomlaridan suv ötmoqda, hojatxonalardagi plitkalar singan va elekt simlari nosoz holatda. Bundan taşqari, ba'zi xonalarda karavotlar va unitazlar bölmagan.
Biroq Rio-de-Janeyro meri Eduardo Payes Olimpiya qişloği rahbarining yonini oldi. Uning fikriça, barça sanab ötilgan nosozliklar qişloqda xorijliklarning, aynan esa Olimpiya qömitasi a'zolarining faoliyati oqibatida sodir bölgan. Çunki oxirgi 3 oy Olimpiya qişloğidagi barça obektlar aynan ularning ixtiyorida bölgan.
Eslatib ötamiz, Olimpiada oçilişi 5 avgustda "Marakana" stadionida bölib ötadi.







