Hongkong xalqaro aeroportida Nida töfoni yaqinlaşayotgani sabab 124ta parvoz bekor qilindi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi yozgan.

Xabar qilişlariça, 1 avgustda amalga oşiriladigan 42ta parvoz bekor qilingan. 2 avgustda uçib keluvçi 47 parvoz töxtatilişi haqida aytilgan. Ma'lumotlarga köra, barça parvozlar Cathay Pacific va Dragonair aviakompaniyalari tomonidan amalga oşiriş rejalaştirilgan edi.

Nida töfoni yaqin vaqtlar içida Hongkongga yopirilişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, Guançjou şahridagi (Guandun provinsiyasi) Bayyun xalqaro aeroportida 37 va 16-reyslar  ham bekor qilingan.