“Feysbuk” ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Taşkenta” guruhi a'zolaridan biri Toşkent şahridagi Nukus va Oybek köçalari çorrahasining yuqoridan olingan, yomğir yoğayotgan vaqtdagi suratlarini e'lon qildi. Suratlarda yöldagi asfaltga oq narsa oqib çiqqanining guvohi böliş mumkin.

Ba'zi foydalanuvçilar bu holatga “yangi yöl çiziqlari, çizilganidan heç qança ötmay, öçib ketişni boşladi”, singari izoh qoldirişgan.

Boşqa foydalanuvçilar esa, bu ifloslik va çang aralaşmasidan iborat köpik ekanini qayd etişgan. Qoldirilgan fikrlar içida avtomobillarning ğildiragi iflosligi sabab şunday köpiklar paydo bölgani, yölning çang ekani sababligi qabilidagi izohlarga guvoh böliş mumkin.

Savol muallifining qayd etişiça, ertasi kuni ertalab yöllar yuvilib, köpiklardan tozalangan, yangi çizilgan yöl çiziqlari esa joyida qolgan — yomğir ularga ta'sir körsata olmagan.