Nepalda kuçli yomğirlar oqibatida yuz bergan köçkilar va toşqinlar oqibatida qurbon bölganlar soni 100 kişidan oşib ketdi, yana 22 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda, deb ma'lum qildi mamlakatning içki işlar vaziri Bxim Bahadur Raval.

Avvalroq 77 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. 

Raval parlamentdagi nutqida tabiiy ofat mamlakatning 75 tumanidan 43 tasiga ta'sir qilganini aytgan. 25 iyuldan beri 102 kişi halok bölgan, 22 kişi bedarak yöqolgan, 58 kişi jarohatlangan, deb ma'lum qilmoqda Raval bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Himalayan Times naşri.

Baglung, Banke, Pyutxan tumanlari eng köp talofat körgan.