Özbekiston Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada öyinlarida «oltin» medal olgan sportçi uçun va'da qilingan mukofot puli miqdori böyiça "kuçli beşlik" qatoriga kirdi. Turnir ğolibi bölgan sportçisi uçun Özbekistondan faqat Tailand, Ozarbayjon, Qozoğiston va Filippin köproq mukofot va'da qilgan.

Olimpiadadan «oltin» medal bilan qaytgan özbekistonlik sportçiga 200 ming dollar beriladi. «Kumuş» uçun 100 ming dollar, «bronza» uçun esa 75 ming dollar va'da qilingan. 

Naşrlar ma'lumotlariga köra, Tailand «oltin» medal uçun 314 ming dollar, Ozarbayjon 510 ming dollar mukofot beradi. Tailandlik ğolib sportçiga mukofot puli birdaniga berilmaydi, u 20 yil davomida mukofot pulini oyma-oy oladi. Bunday sportçiga 1 300 dollar miqdorida oylik tölov tayinlanadi.

Qozoğistonlik sportçilarga birinçi örin uçun 250 ming dollar, ikkinçi va uçinçi örinlar uçun mos ravişda 150 va 75 ming dollardan mukofot puli va'da qilingan.

Bu borada törtinçi örindagi filippinliklar esa ğolib sportçi uçun 237 ming dollar va'da qilgan, bu yerda ham Tailanddagi kabi holat kuzatiladi. Özbekiston 200 ming dollarlik mukofot bilan beşinçi bölib turibdi.

Rossiya sportçilarga «oltin» medal uçun hozirgi kursda 60 ming dollar, xitoyliklar – 50 ming dollar, amerikaliklar – 25 ming dollar va'da qilgan. Nemislar bu borada oxirgi qatorlarda - 19,5 ming dollar, Buyuk Britaniyada esa Olimpiadadagi ğalaba uçun mukofot puli berilişi belgilanmagan.

Braziliyadagi 2016 yilgi Olimpiya öyinlari 5-21 avgust kunlarida ötkaziladi.

Manba: Tribuna.uz