170dan ziyod mamlakatlar qatori Özbekistonda ham 1−7 avgust kunlari Jahon kökrak suti bilan boqiş haftaligi ötkazilmoqda. Mazkur haftalik har yili butun dunyoda kökrak suti bilan boqiş va bolalar salomatligini yaxşilaş masalalarini tarğib qiliş maqsadida ötkaziladi. 2016 yilgi haftalik mavzusi «Kökrak suti bilan boqiş — barqaror taraqqiyot kaliti» böldi.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda 2015 yilda faqat kökrak suti bilan boqişning örtaça darajasi 54,4 foizni taşkil qilgan. Bu masalada eng yuqori körsatkiçlar Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida qayd etilgan (60 foizdan yuqori). Mamlakatda onalar tuğruqxonalardan çiqayotgan davrda faqat kökrak suti bilan boqiş amaliyoti darajasi 90 foizdan ortiqni taşkil qiladi. Biroq keyingi oylarga borib uşbu körsatkiç kamayib boradi.

«2 yoşga tölguniça kökrak suti bilan boqiladigan bolalar qisqa muddat emizib boqilgan yoki sun'iy mahsulotlar bilan oziqlantirilgan bolalarga nisbatan kasallaniş va ölim holatlari böyiça ança past körsatkiçlarga ega», — deydi Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori professor Dilorom Ahmedova.

Haftalik davomida ota-onalar uçun brifing va maslahatlar ötkaziş, onalarni özaro qöllab-quvvatlaş guruhlari uçraşuvlarida muhokamalar uyuştiriş kabi tadbirlar ötkazilmoqda.

Toşkent viloyati Çirçiq şahridagi viloyat perinatal markazi hamda Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerilik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bolaga nisbatan döstona tibbiyot muassasasi sertifikatiga ega böladi. Ayni paytda YUNISEFning «Bolaga nisbatan döstona şifoxonalar taşabbusi»ga Özbekistondagi 96 ta soğliqni saqlaş muassasasi qöllab-quvvatlab kelmoqda.