Oxirgi kunlarda Suriyaning Halab şahrida Qusay Abtini nomini tez-tez tilga olişmoqda. Qusay atigi 14 yoşda edi. U Suriya prezidenti Başar Asadning olib borayotgan siyosatiga qarşi roliklar va şoularda qatnaşar, rol öynar edi. U 10 yoşidan mana şunday komediyalarda rol öynab keladi.

Halabda yaşaş u uçun xavfli bölib qoldi va yoş aktyor qoçib ketişga qaror qildi, biroq... U qoçib ketayotganda şaharda navbatdagi otişma boşlanib ketdi. Yoş aktyor halok böldi.

Al Jazeera'ning ma'lumot berişiça, u öldirilgan bölişi ham mumkin.

Köçalarda odamlar halok bölgan bolakayni qahramon deb ataşmoqda. Şaharda «Sen kiçik qahramonsan. Rollaring bilan bu vaxşiylarni qörqitdingki, ular seni öldirişdi» deb yozilgan plakatlarni köriş mumkin.