AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasida nomzod bölgan Hillari Klinton respublikaçi raqibi Donald Trampni aholi orasidagi maşhurlik darajasi böyiça ortda qoldirmoqda. Bu körsatkiçlar Reyter buyurtmasiga köra Ipsos kompaniyasi tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov yakunlariga köra aniqlangan.
Bugungi natijalarga köra, saylovçilarning 43 foizi Klinton uçun, 35 foizi Tramp uçun ovoz berişini ma'lum qilgan, yana 9 foizlik kişi boşqa nomzodni afzal körişini bildirgan. Ijtimoiy sörov 28 iyul — 1 avgust kunlari ötkazilgan va unda 1,289 ming amerikalik iştirok etgan.
Şu tariqa, Klinton xonim Trampdan avvalgi sörov natijasida qayd etilgan 6 punkt örniga 8 punktga ustun kelmoqda. Ötgan haftadan beri Klinton Demokratik partiya s'yezdi muvaffaqiyatli ötgani evaziga "bonus" qölga kiritgani aytilmoqda. Uning raqibi Tramp esa dam oliş kunlari vaqtida yana bir mojaro girdobida qoldi, u halok bölgan amerikalik musulmon askar oilasi bilan munozaraga kirişgani uçun tanqidlarga kömildi.
AQŞ prezidentligi uçun saylov şu yilning 8 noyabrida ötkaziladi.







