Toşkent lok-böyoq zavodi hududida Akfa kompaniyasining plastik profillari, lok-böyoq materiallari işlab çiqariş quvvatlari va gipermarket qurilib, foydalanişga topşiriladi.
«Zavodning umumiy maydoni taxminan 20 gektar atrofida bölib, şundan 2 gektari lok-böyoq mahsulotlari işlab çiqaruvçi zamonaviy zavod uçun ajratiladi. Bu yerda «Texnokolor» qöşma korxonasi taşkil etiladi. Qolgan qismida Akfa plastik rom va eşiklari tayyorlaydigan işlab çiqariş korxonasi va gipermarket quriladi», – degan Boqiyev. Toşkent lok-böyoq zavodining özida uning faoliyatiga barham beriş jarayoni ketmoqda, degan hokim örinbosari.
Belgilangan işlar amalga oşirilgaç, sobiq zavod hududida 1500 yangi iş örni yaratiladi. Gipermarket esa, şu yilning noyabr-dekabr oylaridan aholiga xizmat körsata boşlaydi.







