Rossiyalik sayyohlarning Özbekiston poytaxti Toşkent şahriga qiziqişi darajasi oşmoqda.

Rossiyadagi «RoomGuru.ru» sayyohlik servisi 2016 yilda rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop bölgan şaharlarini aniqladi. Mazkur reytingda Toşkent şahri 7-örinda qayd etilgan.

Reyting sayyohlik servisi ekpertlari tomonidan 2016 yilning birinçi yarimida (1 yanvardan 31 iyulgaça bölgan vaqt oraliği) mehmonxonalarning bron qilinişi böyiça ma'lumotlar asosida tuzilgan.

Belarus poytaxti Minsk şahri rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop şahri ekani ma'lum böldi. Öntalikda şuningdek, Olmaota, Boku, Ostona, Yerevan, Kiyev, Bişkek, Vitebsk va Kişinyov şaharlari joy olgan.

MDHdagi şaharlar orasida eng qimmat şahar - Ostona hisoblanadi. Qozoğiston poytaxtida mehmonxonalar narxi 3,5 ming rublni taşkil qiladi. Eng arzon şahar esa Qirğiziston poytaxti Beşkek. Bu şaharda mehmonxonalar uçun örtaça narx – 1900 rubl.