Amerikalik harbiy ekspertlar soliq tölovçilarning oz emas, köp emas naqd 13 mlrd dollar mablağini "Jyerald Ford" kabi öta qimmat loyihalarga sarflaş özini naqadar oqlaşi borasida şubha qilişmoqda. Axir, u yuqori texnologiyali uruşning birinçi kunidayoq işdan çiqib, bir uyum temir parçasi bölib qolsa, bundan ne naf, deb yozadi The National Interest jurnali.

Aviataşuvçining asosiy kuçi uning zarba beruvçi aviaguruhidadir. "Super Hornet" F/A-18E/F paluba bombardimonçi samolyoti va F-35 qiruvçisi 2030-yilgi uruşda samara bermaydi, deb hisoblamoqda tahlilçilar. 

"Agar bu aviataşuvçi kemalar yuqori texnologiyali uruşning birinçi kunidayoq, A2/AD hududi içida (çeklov va taqiq hududi) ham jang qila olmas ekan, 13 milliard dollarni sarflaş şartmikan?" — deydi Yangi Amerika xavfsizlik markazi strategik mudofaa dasturlari direktori (Center for a New American Security) Jyerri Hendriks.

Yangi uslubdgi janglarda aviataşuvçi kemaning aviaqanoti (samolyotlar turadigan qismi) modernizatsiya qilinmas ekan, heç qanday ustunlikka ega bölmaydi, deb qöşimça qilgan Hendriks.

Yana bir ekspert, FerryBridge Group konsalting firmasi ijroçi direktori Brayan MakGrat ham uning fikriga qöşilgan. 

"Aviataşuvçi kema şunçaki suzuvçi aeroport ekanini unutmaslik kerak. Uning asosiy jihati aviaqanotidir".

Aviataşuvçi kemalarda uzoqqa uçadigan aviatsiyaning uçuvçisiz parvoz qiluvçi, zarba beruvçi samolyotlari paydo bölişi muammoning yeçimi bölişi mumkin, deb taxmin qiladi MakGrat. Ayni çoğda, bunday samolyotlarga e'tibor beriladigan bölsa, JSF (Joint-Strike Fighter) dasturi samolyotlari, xususan F-35lar bilan boğliq texnik muammolar paydo böladi. 

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari esa, JSF dasturidan çetga çiqişdan qörqib, palubadagi uçuvçisiz samolyotlarga ikkinçi darajali vazifalarni topşirmoqda. Ya'ni ulardan yonilği quyiş yoki ayğoqçilik maqsadlarida foydalaniş niyatida.