«Toşşahartransxizmat» kompaniyasi şahar avtobuslari harakatini kuzatişga möljallangan TashBus mobil dasturi (Android) sinov rejimida işga tuşirilgani haqida ma'lum qildi.

«Gazeta.uz» xabariga köra, uşbu dastur yordamida foydalanuvçilar avtobusning bekatga keliş vaqtini bilib oliş orqali özlarining yölga çiqişlarini rejalaştira olişadi. Şu bilan birgalikda uşbu dastur avtobusning davlat raqami, harakat tezligi va bekatgaça bölgan masofa singari ma'lumotlarni beradi.

Şuningdek, foydalanuvçilar ilova yordamida qöyidagi imkoniyatlarga ham ega:
- tanlangan yönalişdagi avtobuslarning harakatini kuzatiş;
- avtobuslarning tanlangan bekatga kelişi vaqtiga oid ma'lumotga ega böliş;
- tanlangan bekatdan qaysi yönalişlar ötişi haqida ma'lumot oliş;
- eng yaqinroqdagi avtobusning eng yaqin bekatgaça bölgan oraliq masofasini bilib oliş;
- jadallik imkoniyatiga ega böliş uçun tanlangan yönalişlar röyxatiga yangi yönalişlar qöşiş va yana boşqa har-xil foydali funksiyalar.

Bekatlar katalogi tegişli bekatdan qaysi yönalişlar ötişini bilişga yordam beradi. Qidiruv funksiyasi orqali avtobusni raqami böyiça, bekatni esa nomi böyiça topiş mumkin. «Joylaşuv» funksiyasi yaqin atrofdagi bekatlarni körsatib beradi. Yönalişlarga tezda kiriş uçun ularni tanlangan röyxatga kiritiş talab etiladi.

Grand Technology System kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan dastur poytaxtdagi barça avtobus yönalişlarini qamrab oladi. Yaqin orada uning iOS-versiyasi ham çiqariladi.

Bundan taşqari, xizmatning veb-versiyasi — «TashBus.uz» saytini taşkil etiş rejalaştirilgan.