Amerikaning Jorjiya ştatida 14-oylik egizak qizaloqlar dim maşinada qolib ketgani tufayli hayotdan köz yumdi, deb ma'lum qilgan Karrolton politsiyasi kapitani Kris Dobbs.
ABC News telekanalining xabar qilişiça, ştat politsiyasi Karrolton şahridagi uylardan birida ikki gödak huşsiz yotgani töğrisida xabar olgan. Huquq posbonlari yetib kelişganda, egizaklarning otasi Asa Nort gödaklarni huşiga keltiriş uçun suv havzasiga tuşirayotgan bölgan.
Egizak qizçalar zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan, bu yerda şifokorlar ularning ölimini qayd etgan.
Politsiya vakillari gödaklarning otasini söroq qilib, uni ehtiyotsizlik bilan qotillik sodir etişda ayblaşgan. Ma'lum bölişiça, qizçalarning onasi fojia vaqtida Atlantada bölgan.







