Hindistonning şimoli-şarqida Assam ştatida noma'lum şaxslar tomonidan öt oçilişi oqibatida 13 kişi halok böldi va 30ga yaqin kişi jarohatlandi. Bu haqda India Today xabar tarqatdi.

Politsiya ma'lumotiga köra, bu hodisa ştat markazi Guvaxati şahridan 220 km masofada joylaşgan Kokradjxar şahridagi bozor hududida röy bergan.

Guvohlarning aytişiça, qora kiyimga burkangan 3 yoki 4 kişi çor atrofga öt soçgan va granata uloqtirişgan.

Ayni vaqtda politsiya uşbu jinoyatçini qidirmoqda va hodisa sabablarini örganmoqda.

Hozirça bu hujum uçun javobgarlikni heç qaysi taşkilot öz zimmasiga olmadi.

Ştat politsiyasi Mukeş Saxay telekanal efirida aytişiça, politsiyaçilar hududga kirib kelgan ayirmaçilar haqida ma'lumot olgaç, ularning ba'zilarini bartaraf etgan, qolgan qismini qidirayotgandi.