Dunyoda oila qurgan insonlar borki özidan davomçi – zurriyot qoldiriş orzusida yaşaydilar. Lekin, farzand atalmiş ne'mat bu Allohning irodasi bilan xohlagan insonga  beriladigan  ilohiy hadyadir. Bu haqiqatni Alloh taolo kalomida oçiq aytib qöygan. “U zot xohlagan kişisiga qizlar hadya etur va xohlagan kişisiga öğillar hadya etur. Yoki ularni juftlab – öğil – qiz qilib berur va xohlagan kişisini tuğmas qilur”. (Şöro surasi, 49-50 oyatlar)
Oyati karimada aytilganidek, farzand beriş yoki bermaslik Alloh taoloning irodasiga boğliq iş. Biroq banda doimo Yaratgandan maqsadlarini söraşdan töxtab qolmasligi va eng asosiysi tuşkunlikka tuşib qolmaslik lozim.

Farzand köriş yölida özini ötdan – çöqqa urib mutaxassislarga uçrab, kerakli dori – darmonlarni içib muolaja qilgandan söng ham natija çiqmaganlar topiladi. Töğri, banda qölidan kelgança sabablarni keltirişi lozim va lobud. Lekin farzand ne'mati bir yoqlama sabablargagina boğliq iş emas. Sabablarni qiliş bilan Alloh taolodan ham astoydil iltijo qilişi ham zarur.

Ölimdan boşqa hamma narsaning davosi bor deganlaridek, bepuştlikning yeçimi bölişi tabiiy. Hadisi şariflarda bepuştlikning yeçimi haqida söz yuritilgan.
Mazhabboşimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayh özining “Musnad” kitoblarida quyidagi hadisni rivoyat qilib keltirganlar.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga ansorlardan bir kişi kelib:
•  Ey Allohning Rasuli! Heç farzand bilan rizqlanmadim, bola bölmadi?
•  Köp istiğfor va sadaqa qilsang rizqlanasan–da?!
Boyagi kişi istiğfor va sadaqani köpaytirdi.
Jobir roziyallohu anhu aytadi: Unga töqqizta öğil farzand berildi”.
Alloma Mulla Ali Qoriy uşbu hadisning şarhida: Nabiy sollallohu alayhi vasallam göyo Nuh alayhissalomdan hikoya tarzida aytilgan: “Bas, öz Robbingizga istiğfor ayting, albatta U gunohlarni köplab mağfirat qiluvçidir, dedim. U zot osmondan ustingizga ketma – ket baraka yomğirini yuboradir. Va sizga molu mulk va bola – çaqa ila madad beradir. Va sizlarga boğu roğlar hamda anhorlarni beradir” (Nuh surasi, 10–12 oyatlar) oyatidan iqtibos oldilar”.

Yana hadislarda kelganki:
“Kim köp istiğfor aytsa Alloh taolo unga ğamdan, tanglikdan yengillik beradi va öylamagan tomonidan rizqlantirib qöyadi”. (Imom Ahmad, Hokimlar Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan)
Mulla Ali Qoriy qalamiga mansub “Şarhi musnadi Abu Hanifa” 587 sahifa.

Manba: siyrat.uz