Milliy matbuot markazida Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan mamlakatimiz iste'mol bozorini maktab anjomlari bilan töldiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Joriy yilning 10 avgustidan 10 sentabrigaça mamlakatimizning barça hududlarida maktab yarmarkalarini taşkil etiş işlari tegişli vazirlik va idoralar tomonidan olib borilmoqda. Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda hududlar böyiça daftar mahsulotlariga bölgan ehtiyoj örganilib, maktab yarmarkalari uçun 37,3 million dona yozuv daftari yetkazib berilişi belgilangan.

Joriy yilning birinçi yarmida Matbuot va axborot agentligi tizimidagi korxonalar hamda xususiy işlab çiqaruvçilar tomonidan  44,4 million dona yozuv daftari işlab çiqarilgan. Bundan taşqari, tizimdagi korxonalar tomonidan 10 avgustga qadar 15,5 million dona, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 3 million donadan ziyod daftar mahsulotlari işlab çiqarilib, mamlakatimizning turli hududlariga yetkazib berilişi möljallanmoqda.

Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarildi.