5 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida "Milliy tiklaniş" fraksiyasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vaziri Bahodir Ahmedovning “Özbekiston Respublikasining “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi Qonuni ijrosi” böyiça parlament eşituvi ötkazildi.

Tadbir Özbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” töğrisidagi Qonunida belgilangan vakolatlardan kelib çiqqan holda taşkillaştirildi.

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan mamlakatda madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş sohasida izçil işlar amalga oşirib kelinmoqda. Davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan kelib çiqqan holda madaniy merosni muhofaza qilişga, ularni original körinişda saqlab qolişga hamda insoniyatning umumiy madaniy merosi bilan uyğunlaştirişga alohida e'tibor qaratilmoqda.