Braziliyalik muxlislar Olimpiada oçiliş marosimida Braziliya prezidenti lavozimini vaqtinçalik bajarayotgan Mişel Temerni norozi qarşilaşdi. Temerning "Marakana" stadionidagi bor-yöği 10 soniya davom etgan nutqi huştakbozlik va norozilik hayqiriqlari bilan kutib olindi.
Braziliyaning öz lavozimidan çetlatilgan prezidenti Dilma Russeff örnini egallagan Temer musobaqalarning oçilişini rasman e'lon qildi. Söngra tantanali musiqa yangrab, osmonga salyutlar uçirilgan. Biroq TASS axborot agentligi muxbirining kuzatişiça, salyutdan keyin ham huştakbozlik töxtamagan. Bundan taşqari, tribunalardan "Temer yöqolsin!" degan hayqiriqlarni eşitiş mumkin bölgan.
Avvalroq an'anaga zid ravişda Temer Olimpiadani qabul qilayotgan davlat rahbari sifatida taqdim qilinmagani ma'lum qilingandi. OAV ma'lumotlariga köra, bu oçiliş marosimida nomaqbul holatlar iloji boriça kamroq bölişini istagan Temerning öz iltimosi bilan qilingan.
Temer "Zero ora" gazetasiga bergan intervyusida mamlakat fuqarolari uni Olimpiada oçiliş marosimida sovuq kutib olişlari mumkinligini tan olgandi. "Meni huştakbozlik bilan kutib olişlariga tayyorman. "Marakana" stadionida huştakbozlikni hattoki sukut saqlaş daqiqasida ham eşitiş mumkin. Biroq men barçasiga tayyorman va öz burçimni bajarişim şart", degandi Temer.
5 avgustda Kopakabana sohilböyida Russeffning impiçmentiga qarşi namoyiş bölib ötdi. Unda Temerning siyosatidan norozi bölganlar uning iste'foga ketişini talab qilganlar.







