Sport.uz sayti Rio-de-Janeyro olimpiadasi arafasida Özbekiston terma jamoasining avvalgi turnirlardagi bayroqdorlarini esladi. 

1996 yil, Temur Ibragimov 

Yozgi Olimpiya öyinlarida bayroqdor bölişdek şarafli vazifani aynan Temur Ibragimov boşlab bergan. Atlantada ötgan Olimpiadada Temur Ibragimov Özbekiston delegatsiyasini boşlab çiqqandi. 

2000 yil, Muhammadqodir Abdullayev

Andijonlik boksçi Sidney Olimpiadasining haqiqiy yetakçisi bölgandi. Aynan u “yaşil qit'a”da Özbekiston terma jamoasiga Olimpiada tarixidagi birinçi oltin medalni olib kelgan. Yana bir qiziq ma'lumot: bayroqdor bölgan sportçilar orasida faqatgina Muhammadqodir Abdullayev Olimpiadada oltin medal olgan. 

2004 yil, Abdulla Tangriyev 

Abdulla polvon 2004 yili Olimpiada vatani Gretsiyada ötgan musobaqada Özbekiston terma jamoasi a'zolarini stadionga boşlab çiqqan. Aynan uşbu musobaqada terma jamoamiz 2ta oltin medalga sazovor bölgandi. 

2008 yil, Dilşod Mahmudov 

Pekin Olimpiadasidan söng boksçilar bayroqdor böliş estafetasini öz zimmasiga olişgan. Mahoratli boksçi Dilşod Mahmudov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Pekin Olimpiadasining oçiliş marosimida “Quş uyasi” stadioniga çiqib kelgan. 

2012 yil, Elşod Rasulov 

Bundan 4 yil muqaddam Angliya poytaxti London şahrida ötkazilgan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida qöqonlik boksçi Elşod Rasulov XXX yozgi Olimpiya öyinlarida bayroqdorlik qilgandi. Bu yilgi musobaqada ham u iştirok etmoqda. 

2016 yil, Bahodir Jalolov

Ilk bor Janubiy Amerikada ötkazilayotgan Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimida boksçi Bahodir Jalolov yurt bayroğini kötarib çiqadi.