AQŞda Ohio Dreams musiqa festivalida konfet ostiga niqoblangan giyohvand modda – opiatdan 20 dan köproq odam zaharlandi, deb xabar bermoqda NBC telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Ma'lum qilinişiça, noma'lum kimsalar festivalga taşrif buyurganlar orasida konfetga öxşaş narsa solingan paketlarni tarqatganlar. Şundan keyin 20 dan ortiq kişi narkotik zaharlaniş bilan şifoxonaga yotqazilgan.
Axborot agentligining yozişiça, mahalliy politsiyada jabrlanganlarning barçasi şifoxonaga murojaat qilmagan bölişi mumkinligi sababli ularning aniq soni noma'lumligi aytilgan. Şuning uçun ularning soni köproq bölişi ham mumkin.
Hozir politsiyaçilar giyohvand moddani musodara qilib, uning xususiyatlarini aniqlaş uçun ekspertizaga yuborişdi. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.







