Yaponiya Şarqiy-Xitoy dengizi hududidagi bahsli orollar röparasidagi gaz platformasiga radiolokatsiya qurilmalari örnatgani uçun Xitoy tomoniga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Yaponiya TIV ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar tarqatgan.

Yaponiya tomoni fikriça, xitoyliklarning radarlari gaz platformasi uçun zaruriy qurilmalar emas. Xitoyning bu harakati platformadan harbiy maqsadda foydalaniş niyatlarini anglatadi.

Vazirlik vakilining xabar berişiça, radarlar şu yilning iyunida aniqlangan, lekin e'tiroz 5 avgust kuni bildirilgan.

Bundan oldinroq Yaponiya bahsli hududga xitoyliklar kemalari kirgani uçun ham qat'iy e'tirozini bildirgandi.