8-avgustdan GM Uzbekistan qöşma korxonasining Andijon viloyati Asaka şahridagi zavodida yillik rejaga muvofiq, profilaktika işlari boşlandi, deb xabar qilmoqda kompaniyaning matbuot xizmati Facebook tarmoğidagi sahifasida.
«Uşbu amaliyot doirasida korxonadagi uskuna va qurilmalarning texnik holati közdan keçiriladi, kerak bölsa ta'mirlanadi hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriladi», — deb xabar qiladi Gazeta.uz sayti.
Kompaniyada ma'lum qilişlariça, şunga qaramay, GM Uzbekistan tayyor mahsulotlarni mijozlarga yetkazib beriş böyiça barça şartnomalardagi majburiyatini öz muddatida amalga oşiradi. Profilaktika işlari avtomobillarni içki va taşqi bozorga yetkazib beriş işlariga xalaqit bermaydi.
Matbuot xabarnomasida ta'kidlanişiça, Asaka avtomobil zavodi faoliyati töxtaşining profilaktikadan boşqa sababi mavjud emas.
GM Uzbekistan kompaniyasining Xorazmdagi «Xorazm Avto» şö'ba korxonasida 2013-yilda işga tuşirilgani bois, profilaktika işlari ötkaziş talab qilinmaydi va öz faoliyatini ştatlar jadvali böyiça davom ettiradi.







