Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta ro‘yxatga olinadigan ko‘chmas mulk, G‘arbning xavotiri, O‘zbekistonga yo‘l olgan vertolyotning garovga olinishi, Rioda yetakchi AQSh
Pulkovodagi O‘zbekiston samolyoti
Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportiga favqulodda qo‘ngan "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning Boeing-757 samolyoti 8 avgust ertalab Farg‘onaga uchib ketadi. Batafsil.

O‘zbekistondagi ko‘chmas mulklar
O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk inshootlari 2017-yil oxirigacha qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu amaliyot O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 3-avgustda qabul qilgan qarori asosida tashkil etiladi. Batafsil.

Toshkent va Buxoro o‘rtasida tezkor poyezd
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Samarqand-Buxoro hududida tezkor elektropoyezdlar harakatini tashkillashtirish loyihasini amalga oshirish ishlarini tugallaydi. Batafsil.

Kongressmenning halok bo‘lgan o‘g‘li
Dunyoning eng baland suvli tepaligida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli 12 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi. Batafsil.

G‘arbni xavotirga solayotgan holat
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ertaga 9-avgust kuni, harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan keyingi ilk xorijiy safarini amalga oshiradi. Biroq, muzokaralar NATOdagi ittifoqchilar bilan emas, balki Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Batafsil.

Jonli efir
Qatarning "Al-Jazira" telekanali jurnalisti Milad Fadil jonli efir chog‘ida halok bo‘lishiga bir bahya qoldi. Batafsil.

O‘zbekistonga yo‘l olgan vertolyot
Afg‘oniston hukumati mamlakat sharqidagi Logar viloyatida avariya holati sabab qo‘nishga majbur bo‘lgan Pokistonga tegishli vertolyot hodisasini o‘rganib chiqish uchun maxsus komissiya tuzdi. Batafsil.

Yetakchi AQSh
Rio-de-Janeyro olimpiadasida ikkinchi kun bahslari davom etmoqda. Ayni vaqtda AQSh medallar hisobi bo‘yicha yaqqol yetakchiga aylangan. Batafsil.

Rioda O‘zbekiston sportchilari
Dzyudo. Mirali Sharipov turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi

Akademik eshkak eshish. Xolmurzayev keyingi bosqichga o‘tdi

Pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston vakili Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi
