Özbekistonda jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli köçmas mulk inşootlari 2017-yil oxirigaça qayta röyxatdan ötkaziladi. Bu amaliyot Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 3-avgustda qabul qilgan qarori asosida taşkil etiladi. Qaror matni Lex.uz saytida e'lon qilingan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, uşbu amaliyotni ötkazişdan maqsad, kadastr hisobiga olişni takomillaştiriş, jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli köçmas mulk (yer uçastkalari, bino va inşootlar)dan foydalanganlik uçun ularga soliq solişni tartibga solişdan iborat.
Şu bilan birga, «elektron hukumat» tizimi doirasida «Kadastr va köçmas mulkni röyxatga oliş tizimlarini modernizatsiya qiliş» loyihasi ham amalga oşiriladi. Barça bino va inşootlar Respublika umumiy kadastr axborot tizimi hisobiga joylanadi.
Röyxatga oliş jarayonida yer uçastkalari, binolar, inşootlar va köp yillik daraxtzorlarning egalari, ulardan foydalanuvçilar, ijaraçilar hamda ular egallab turgan yer uçastkalarining maydonlari, bino va inşootlarning hajmi, daraxtlarning turi va soni aniqlanadi.
Mazkur qaror ijrosini ta'minlovçi işçi guruhlarga köçmas mulk inşootlarini tekşiriş, yer uçastkalarini suratga oliş, bino va inşootlarning taşqi va içki ölçamlarini ölçaş, köp yillik daraxtlarning turlari va sonlarini hisobga oliş huquqi berilgan.







