Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ertaga 9-avgust kuni, harbiy davlat töntarişiga urinişdan keyingi ilk xorijiy safarini amalga oşiradi. Biroq, muzokaralar NATOdagi ittifoqçilar bilan emas, balki Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda bölib ötadi, deb yozmoqda Financial Times.
Ayni vaqtda, ğarb va Rossiya harbiy isyondan foydalanib, mamlakatda tozalaş işlarini avj oldirib yuborgan Erdöğanni diqqat bilan kuzatmoqda. Şu boisdan ham, ikki davlat yetakçilarining Sankt-Peterburgdagi uçraşuvi keng geosiyosiy ahamiyat kasb etadi.
Moskva va Anqara bir qator turli muammolar, xususan «Ğarbga dars beriş ilinjida» hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş borasida umumiy manfaatlarini birlaştirmoqda, deya fikr yuritadi naşr. Bundan taşqari, Turkiya amalga oşmay qolgan davlat töntarişidan söng, Rossiyaning sözsiz qöllab-quvvatlaşini olqişlamoqda. Bu esa, Anqaraning Vaşingtonga nisbatan munozarali munosabatiga oydinlik kiritadi.
«Bizning AQŞ bilan aloqalarimiz sönggi 50 yildagi eng murakkab vaziyatni boşidan keçirmoqda. Bu esa, sözsiz Rossiya bilan döstligimiz istiqbolini jozibador qiladi», — degan Moskvadagi nomini oşkor qilmagan turkiyalik diplomat naşrga bergan intervyusida.
Biroq, deb yozadi gazeta, turk siyosatçilari AQŞ bilan aloqalariga barham berib, Rossiya bilan ittifoq tuziş niyatida emasliklarini ta'kidlaşadi. Ularning sözlariga köra, Vaşington va Anqara aloqalari bundan avval, hozirgidan ham köra jiddiyroq muammolarga duç kelgan. Turkiyaning 1974-yili Kiprga bostirib kirişi, 2003-yili Iroqqa amalga oşirilgan hujum çoğida Amerika qöşinlariga öz hududidan foydalanişga ruxsat bermasligi, Saddam Husayn boşqaruvi davrida iroqlik kurdlarga AQŞ tomonidan yordam berilişi, bundan taşqari yaqin-yaqingaça IŞIDga qarşi kuraşayotgan kurdlarga harbiy yordam körsatilişi şular jumlasidan.
Biroq, diplomatlar boşqa narsadan xavotirdalar. Ularning fikriça, rasmiy Anqara Rossiyadan Suriya borasida ğarbga bosim ötkaziş vositasi sifatida foydalanişi mumkin. Xususan, Turkiya Başar Asad tuzumini tanqid qilişni kamaytirişi va Moskvaning Asad hokimiyati Suriya suvereninetining kafolati, degan qaraşini ma'qullaşi ehtimol. Bunga javoban, Turkiya suriyalik kurdlar borasida Moskvaning qöllab-quvvatlaşiga umid qila oladi.
Şunga qaramay, FT naşrining xulosa qilişiça, mintaqaviy masalalar böyiça umumiy qaraşlar bölsa-da, Moskva va Anqaraning rasmiy vakillari Putin-Erdöğan uçraşuvining nihoyasini oldindan başorat qilişga jur'at eta olişmayapti.
Avvalroq, Erdöğan Putin bilan bölajak muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçişini aytgan edi.







