"Özbekiston temir yöllari" AJ Samarqand-Buxoro hududida tezkor elektropoyezdlar harakatini taşkillaştiriş loyihasini amalga oşiriş işlarini tugallaydi.
"Özbekiston temir yöllari" AJ 2015 yilda mazkur loyihani amalga oşiriş işlarini boşlagan. Loyihani amalga oşiriş Toşkent va Buxoro örtasida tezkor temiryöl qatnovini taşkillaştiriş imkonini beradi. Loyiha narxi taxminan 400 million dollarni taşkil qiladi.
Loyiha tugallangandan söng "Toşkent-Buxoro" yönalişida ikkita tezyurar poyezdlar işga tuşiriladi. Yölga ketadigan vaqt ikki barobar - 7-8 soatdan 3,5 soatgaça qisqaradi.
Şuningdek uşbu loyiha yoqilği xarajatlarini kamaytiriş va tabiatga zararli ta'sir körsatişni töxtatiş imkonini beradi. Tezyurar poyezdlarni işga tuşiriş yuk va yölovçi taşiş hajmini oşiradi.
Ötgan davr mobaynida uzunligi 140,2 kilometr bölgan Marokand-Navoiy yangi yönaliş hududi barpo etildi. Navoiydan Buxorogaça bölgan temiryöl soatiga 160 kilometrga harakatlanişga moslaştirilgan. Piyodalar ötiş joylari, yöl ötkazgiçlari, köpriklar va bekatlar kabi 220dan ortiq inşootlar qurildi.
Bundan avval yangi tezyurar temiryöl liniyasining 25 avgust kuni ekspluatatsiya qilinişi haqida xabar berilgandi.
2015 yilning oktabrida "Özbekiston temir yöllari" AJ va Parentes Talgo S.A. umumiy qiymati 38 million yevro bölgan tezyurar elektropoyezdlarni sotib olişga doir şartnomani imzolaşgan. Hozirda xizmat körsatayotgan poyezdlardan farqli ölaroq, yangilari qöşimça yölovçi vagoniga ega böladi (10tadan vagon, vagon-restoran ham şuning içida).







