Rio-de-Janeyro olimpiadasida ikkinçi kun bahslari davom etmoqda. Ayni vaqtda AQŞ medallar hisobi böyiça yaqqol yetakçiga aylangan. Amerikaliklar ikkinçi kuni yana 2ta oltin, 1ta kumuş va 4ta bronza medal olib, jami medallar sonini 12taga yetkazişdi.
Qayd etiş kerakki, tajribali suzuvçi Maykl Felps terma jamoa bilan 4x100 masofali estafetada ğolib bölib, 19-marta Olimpiada çempioniga aylandi. Endilikda unda Olimpiadalarning 23ta medali bor va u bu borada yaqqol yetakçi.
Amerikalik suzuvçi qiz Keti Ledeki 400 m masofaga erkin uslubda suziş böyiça 3:56:46 daqiqa körsatkiçi bilan ğolib böldi. Bu uning jahon rekordini örnatişi böldi. Bundan oldingi rekordni (3:58,37) u 2014 yili Avstraliyadagi Pan Pacific Championships turnirida örnatgandi.
Jadvalda AQŞdan keyin Xitoy 8ta medal bilan (3-2-3) ikkinçi, Avstraliya 6ta medal bilan (3-0-3) uçinçi bölib turibdi.
Xitoylik Tinmao Şi va Minsya Vu juftligi tramplindan sinxron sakraş böyiça olimpiada çempioni bölişdi. Yana bir xitoylik Lun Tsintsyuan oğir atletika bahslarida (-56 kg vazn) iştirok etib, 307 kg (137 +170) natija bilan birinçi böldi va terma jamoasiga oltin olib keldi.
Italiyalik Garotstso rapira böyiça çempion böldi. Italiyaliklar ayni vaqtda 2ta oltin, 3ta kumuş va 2ta bronza medal olib, törtinçi örinda ketişmoqda.
Britaniyalik Adam Piti 100 m masofaga brass usulida suzişda 57,13 soniyalik körsatkiçni qayd etib, özi saralaş vaqtida qayd etgan rekordni (57,55) yangiladi hamda Olimpiada çempioniga aylandi. Buyuk Britaniya 1ta oltin va 1ta kumuş medal bilan jadvalning sakkizinçi örnida joylaşgan.
Töqqizinçi örindagi Şvetsiya vakili ikkinçi kun bahslarida 100 m masofaga batterflay uslubida suziş böyiça tengsiz böldi. U finalda 55,48 soniyalik natija körsatdi.
Oltin medal olgan davlatlar qatoriga Kosovo ham kirgan (13). Dzyudoçi Maylinda Kelmendi bu mamlakatning Olimpiadalardagi ilk oltin medaliga sazovor bölgan.
Ayni vaqda medal olgan davlatlar soni 31taga yetdi. Özbekiston 2ta bronza medal bilan 28-örinda joylaşgan.
Özbekiston terma jamoasi vakili, dzyudoçi Rişod Sobirov (-66 kg) bronza medali uçun keçgan bellaşuvda slovakiyalik Adrian Gombokni mağlub etdi.
Şu tariqa, Pekin-2008 va London-2012da bronza medallariga ega bölgan Rişod Sobirov, bu safar ham medalsiz qolmadi. Bu uning olimpiya öyinlaridagi uçinçi bronza medali.








