Xalqaro paralimpiya qömitasi Rossiya paralimpiya terma jamoasini Riçard Maklarenning Rossiya sportidagi doping haqidagi hisobotiga asoslanib xalqaro musobaqalardan çetlatişga qaror qildi. Bu haqda qömitaning rahbari Filip Kreyven 7 avgustdagi maxsus matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
Şu tariqa rossiyalik paralimpiyaçilar Riodagi Paralimpiadada iştirok eta olmaydigan böldilar.
Maklaren hisobotida rossiyalik paralimpiyaçilarning kamida 35 ta ijobiy doping-namunasi 2011-2015 yillar içida izsiz yöqolgani ta'kidlangan.







