Amerikaning Delta AirLines aviakompaniyasi 8 avgust kuni özining kompyuter tizimida yuz bergan nosozlik tufayli parvozlarning bekor qilinişi yoki 3 soatdan köproqqa uşlanib qolgani uçun yölovçilariga 200 dollarlik vauçerlarni taqdim etadi. Bu çora ularga yetkazilgan aziyat uçun tovondir, deyiladi aviataşuvçi bayonotida. 

Vauçerlardan aviakompaniyaning barça parvozlari uçun çipta xarid qilişda foydalaniş mumkin böladi.
 
"Bizning mijozlar, aniq va tartibli faoliyatimizni qadrlaşadi. Bugun esa, biz ayni majburiyatimizni bajara olmadik. Biz yuzaga kelgan noqulaylik sababini aniqlaymiz va mijozlarimizdan uzr söraymiz", — deyiladi kompaniyaning boş ijroçi direktori Jil Uest bayonotida.

Delta AirLines 8-avgust kuni 450dan ortiq reyslarini bekor qilgan, yana bir neça yuztasini keçiktirgan edi. 

AQŞning Atlanta şahri elektr tarmoğida uziliş yuz bergani Amerika aviakompaniyasi kompyuter tizimida nosozlikni keltirib çiqargan. Şundan söng, mijozlarga aeroportga bormasdan avval, öz parvozlarining holatini tekşirib köriş tavsiya qilingan edi. Ayni çoğda, havoda parvoz qilayotgan Delta AirLines samoolyotlariga bu nosozlik ta'sir qilmagan.