2016 yil 10 iyundan kuçga kirgan “Elektron hukumat töğrisida”gi qonun jamiyatni axborotlaştirişni kengaytiriş, xalqimiz hayot darajasi yanada yuksalişiga zamin yaratmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Davlat bojxona nazoratining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi bojxona çegarasi orqali olib ötiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oşirmoqda. Ularga doir hujjatlar va ma'lumotlar kiritilişi, hisobga olinişi hamda monitoring qilinişi şu tizim orqali amalga oşirilmoqda.
Bojxona işi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oşirilayotir. Yuridik yoki jismoniy şaxslar, şu jumladan, çet ellik şaxslar bojxona işida boşqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan özaro hamkorlik qiluvçi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanişi mumkin. Bojxona işida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oşiriladi.
Bojxona organlarining mansabdor şaxslari manfaatdor şaxslarga bojxona işi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boşqa masalalar yuzasidan maslahat berganda ham elektron usuldan foydalaniş imkoniyatiga ega. Aniqroq aytganda, bojxona organlarining mansabdor şaxslari tomonidan maslahat beriş bojxona organlari joylaşgan yerda va ularning iş vaqtida amalga oşiriladi. Bojxona organlari tomonidan maslahat beriş oğzaki, elektron yoxud yozma şaklda bepul amalga oşiriladi.







