Qozoğistondagi e'lonlar saytida neft va oltin bor bölgan yerlarning sotilişi haqida xabar paydo böldi. Unda neft bor bölgan yer maydoni 3 mlrd tangaga, oltin bor bölgan yer esa 760 mln tangaga sotilayotgani aytilgan.
"Qizilörda viloyatida 0,6 mln tonnadan 2 mln tonnagaça nefti bölgan 2000 gektar yerim bor. Yer menga tegişli ekanligini isbotlovçi hujjat va neft borligi haqida geologorazvedka kompaniyasining xulosasi bor. Agar jiddiy takliflar bölsa sotaman. Savdolaşiş imkoni, variantlar bor", deyilmoqda şunday e'lonlardan birida.
Yana bir e'lonni Jyezqazğanda oltin koniga ega yerning egasi bergan. Uning aytişiça, bu kon özidan tayyor va işga tuşirilgan işlab çiqariş majmuasini aks ettiradi.
Maydon egasi konda qazib olinadigan oltinning örtaça miqdori bir tonna tuproqqa 6-8 gramm oltinni, 20-25 gramm kumuşni taşkil qilişini aytgan.
U, şuningdek, sotiladigan maydonga oltin qaziş işlarini olib borişga ruxsat beruvçi hujjatlar, jumladan yerdan 2020 yilgaça foydalaniş böyiça şartnoma, toğ-kon işlab çiqariş uskunalaridan foydalanişga litsenziya, portlatiş işlarini olib borişga ruxsatnoma, şuningdek, barça tegişli ruxsat beruvçi, texnik va geologik hujjatlar ilova qilinişini ma'lum qilgan.
Bundan taşqari, saytda marmar, şağal, ğişt tuproği, quriliş qumi va gips konlarining sotilişi haqidagi e'lonlar ham berilgan.











